UEFA Evropa Superligasi ta'sischilarini jazoga tortmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Evropa Superligasiga asos solgan 12 ta klub jazoga tortilmaydi. Bu haqda Ispaniya AS nashri xabar qilmoqda.
UEFA ijroqo'mining 23 aprel kungi majlisida shu qaror qabul qilingan.
«Ushbu haftadagi voqealardan keyin biz olg'a yurishda davom etish va o'yinlar oldidan futbol jamoatchiligini ilhomlantirishni istaymiz.
Faqat bir-birimizni xabardor qilgan holda ishlasakkina klublar maydonda va uning tashqarisida muvaffaqiyatga erishishi mumkin», — deyiladi Evropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) bayonotida.
Evropaning 12 klubi («Real», «Yuventus», «Barselona», «Atletiko», «Milan», «Inter», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Chelsi», «Liverpul», «Tottenhem», «Arsenal») yangi musobaqaga asos solgandi. Biroq loyiha ko'p o'tmay muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda faqat «Real» va «Barselona» klublari Superliga a'zoligida bo'lib turibdi. Qolgan barcha jamoalar loyihani tark etganini ma'lum qildi.

Bosh sahifaga
234