Vladislav Tseytlin “Ar-Rayyan” - “Al Vahda” uchrashuvida ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Xabaringiz bor, o'zbekistonlik nazoratchi va hakamlar Hindistonning Goa shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionlar ligasi bahslarida faoliyat olib borish uchun taklif etilgandi.
OFK instruktori Vladislav Tseytlin OChL «E» guruhi 4-turidan o'rin olgan «Ar-Rayyan» (Qatar) - «Al-Vahda» (BAA) o'yiniga hakamlar nazoratchisi etib tayinlandi.
Mazkur uchrashuv bugun Goadagi “Javaharlal Nehru” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19.30 da start oladi.
Ma'lumot o'rnida, Vladislav Tseytlin bunga qadar mazkur guruhning «Persepolis» - «Al-Vahda» hamda “Al-Vahda - Goa” bahslarida ishlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256