Boks. Bugun ikki nafar sportchimiz finalda ringga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Bugun Polshada o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasida jahon chempionati o'z yakuniga etadi. Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida yigitlar o'rtasida final bahslari bo'lib o'tadi.
Oltin medal yo'lida saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tgan ikki nafar yigitimiz Shahzod Muzaffarov (-52 kg) va Jahongir Zokirov (+91 kg) jang olib borishi belgilab qo'yilgan. Bu borada bokschilarimizga Rossiya va Armaniston vakillari raqiblik qilishadi.
-52 kg: Shahzod Muzaffarov – Evgeniy Jorov (Rossiya) (19:15 dan so'ng)
+91 kg: Jahongir Zokirov – Xovanes Papazyan (Armaniston) (21:15 dan so'ng)
Eslatib o'tamiz, yarim final bosqichida imkoniyatni boy bergan yana ikki nafar vakilimiz Shohjahon Abdullaev (-81 kg) va A'loxon Abdullaev (-69 kg) bronza medalini naqd qilishgan. Fursatdan foydalanib, bugun ringga ko'tariladigan yigitlarimizga chiroyli g'alabalar tilab qolamiz.
Manba: @OlympicUz
Bosh sahifaga
299