Diyor Imomxo'jaev «Dinamo» va «Surxon»ni Superligaga chiqqani haqida qanday fikrda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26489
O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev “Dinamo” va “Surxon”ni Superliganing yangi mavsumudi ishtirok etishi to'g'risida fikr bildirdi.
“Surxon” va “Dinamo” Superligada. Shunday bo'ldi, O'FA shunday qaror qabul qildi.
Biz esa hozircha “Bunyodkor”ni saqlab qolganimizdan xursandmiz. Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish kerak bo'lsa, biz yaxshi bir klubni asrab qolish evaziga Superliga printsipidan voz kechdik.
Bugun hech qanday izohlarni o'qimayman. Hammasiga qo'l siltab ketish ham bir yo'l. Ammo bu hammaning qo'lidan kelgan bo'lardi. Bu oson engilish, bu oson taslim bo'lish. Bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga yurib bo'lsa-da biror nimaga erishishga harakat qilamiz.
Muhimi PFL va O'FA o'z zimmasida bo'lgan barcha vazifani bajardi. PFL oxirigacha o'z printsiplarida turishga harakat qildi. O'FA esa futbolga pul berayotgan tarafni eshitishga majbur. Bizda davlat barcha klublarni, termalarni qo'llab-quvvatlaydi. Klublar xususiy bo'lmagunicha sport printsiplari haqida eshitishni istamayman. Rahmat hammaga!", -deb yozadi Imomxo'jaev.