So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Gubernator kubogi: Yarim finalchilarimiz soni 6 nafarga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo'yicha Gubernator kubogining navbatdagi kuni o'z yakuniga etdi. Ushbu kun dasturida 3 nafar vakilimiz chorak final jangini o'tkazdi.
Dastlab Buenos-Ayres-2018 o'smirlar Olimpiadasi chempioni Abdumalik Xalakov rossiyalik Jamal Badrutdinovga qarshi bahs olib borib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Shundan so'ng Bobousmon Baturov moldovalik Dmitriy Galagosni yaqqol ustunlik bilan mag'lub etdi. Afsuski, -81 kg vazn toifasida kechgan bahsda Dilshodbek Ro'zmetov qozog'istonlik Bekzad Nurdauletovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Jamal Badrutdinov (Rossiya) 4:1
-69 kg: Bobousmon Baturov – Dmitriy Galagos (Moldova) 5:0
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov – Bekzad Nurdauletov (Qozog'iston) 0:5
Eslatib o'tamiz, bundan avvalgi chorak final bahslari doirasida Nodir Mirzahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) ham g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini naqd qilishgan edi.
Manba: @OlympicUz