Hamidjon Aktamov: "Baxtimizga maydon sun'iyligi pand bermadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Bugun yakuniga etgan O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qizilqum" (1:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yindan ko'nglim to'ldi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun kurashdi. Baxtimizga maydon sun'iyligi pand bermadi. Shunga qaramay biz ham, mezbonlar ham hujumlar uyushtirishdi.
Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. "Xorazm"ga keyingi bahslarda omad tilayman, o'ylaymanki nasib qilsa "Xorazm" bilan Superligada ko'rishamiz.
Xorazmga futbol kerak, shuncha muxlis stadiondan qo'llab turdi. Kelgusi yil Superligaga chiqishiga tilakdoshman", - deydi Hamidjon Aktamov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264