So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Professional klublar musobaqasida 5 nafargacha futbolchini almashtirish mexanizmi ishga tushadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
Davom etayotgan O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasi guruh bosqichining 2-turidan e'tiboran ishtirokchi klublarga 5 nafargacha futbolchini almashtirish uchun ruxsat etiladi. Bunda klublar 5 nafar futbolchini uch imkoniyatda maydonga tushirishlari mumkin. Tanaffus vaqtida amalga oshirilgan o'zgarish bundan mustasno. Mazkur qoida keyinroq Coca-Cola Superliga, Pro liga va ayollar chempionati uchrashuvlariga ham tadbiq etiladi.
Xabaringiz bor, Respublika Maxsus komissiyasi shu yilning 17 aprel kuni pandemiya sababli karantin talablarini kuchaytirdi. Shundan keyin O'FA Trenerlar kengashi mazkur masala yuzasidan yig'ilish o'tkazgan bo'lib, 5 nafar futbolchini almashtirish masalasini o'rinli deb topgan. Endilikda O'zPFL O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi talabnomasidan kelib chiqib, yuqoridagi o'zgarish asosida musobaqalarni davom ettiradi.
Manba: pfl.uz