«Barselona» bugun Alba bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4239
«Barselona» himoyachisi Jordi Alba jamoa bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Diario Sport tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishgan.
Kelishuvga muvofiq, futbolchi 2024 yilning yoziga qadar "Kamp Nou"da qoladi. Bu haqdagi rasmiy xabar bugun tarqatilishi kutilmoqda.
Yangi shartnoma orqali Alba futbolchilik faoliyatini «Barselona»da yakunlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!