So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'FA Faxriylar kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida faxriylar futbolini rivojlantirish bo'yicha videoanjuman shaklida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda O'FA mas'ul xodimlari, hududiy futbol assotsiatsiyalar birinchi vitse-prezidentlari va Faxriylar kengashiga nomzodi ko'rsatilgan faxriylar ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida faxriylar o'rtasida xotira turnirlari va ichki chempionatlarni tashkil etish, hududlardagi yordamga muxtoj faxriy futbolchilarni aniqlab yordam ko'rsatish hamda faxriylar o'rtasidagi O'FA kubogi o'tkazish formati, mintaqaviy va final bosqichiga mezbon nomini aniqlash kabi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, O'FA Faxriylar kengashi tarkibini yangilash va kengash faoliyati to'g'risidagi ishlab chiqilgan nizom ko'rib chiqildi, kengashga hududlardagi faxriy futbolchilar orasidan ham nomzodlar bo'lishi kerakligi alohida ta'kidlandi hamda kengashning yangi reja va takliflari eshitildi.
Manba: ufa.uz