Alaba "Real" bilan qancha muddatga shartnoma imzolashi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Yozda erkin agentga aylagishi kutilayotgan "Bavariya" futbolchisi David Alabaning kelajagi masalasi deyarli hal bo'lib bormoqda.
"Bild" nashrining xabar berishicha, avstriyalik futbolchi yozda "Real Madrid" klubiga o'tadi. Sababi, "qirollik klubi" 30 yoshli himoyachining barcha talablarini qondirgan. Shuningdek, u "qaymoqranglilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Eslatib o'tamiz, Alaba ushbu mavsum Bundesligada 28 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 2 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259