Bundesliga. Roys va Gerreyru gol urgan o'yinda «Borussiya D» g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Germaniya Bundesligasining 30-turidan o'rin olgan uchrashuvda «Borussiya D» 21 aprel, chorshanba kuni «Union» bilan bahs yuritdi.
Dortmundda kechgan bahsda mezbonlarning qo'li baland keldi. «Arilar»ga Marko Roys va Rafael Gerreyruning gollari g'alaba keltirdi.
Ushbu g'alabadan keyin «Borussiya»ning ochkolari soni 52 taga etdi, jamoa musobaqa jadvalida 5-o'rinni band etgan. «Union» (43) 8-pog'onada bormoqda.
Bundesliga, 30-tur bahslari
21 aprel, chorshanba
«Borussiya D» — «Union» 2:0
Gollar: 1:0 – 27 Roys, 2:0 – 88 Gerreyru.
«Borussiya D»: Hits, Pishchek, Hummels, Akanji, Gerreyru, Reyna (Brandt, 76), Azar (Sancho, 59), Jan (Daud, 59), Bellinghem (Reyner, 90), Roys, Holand.
«Union»: Lyute, Trimmel, Knoxe (Shlotterbek, 73), Fridrix, Lens, Andrix, Premel (Gentner, 80), Endo (Byulter, 58), Kruze (Toyxert, 73), Ingvartsen, Musa (Poxyanpalo, 73).
Ogohlantirishlar: Knoxe (48), Bellinghem (69), Hummels (72).
«Hoffenhaym» – «Borussiya M» 3:2
Gollar: 0:1 – 25 Plea, 0:2 – 45 Lazaro, 1:2 – 48 Kramarich, 2:2 – 60 Bebu, 3:2 – 65 Kramarich.
«Verder» – «Maynts» 0:1
Gol: 0:1 – 16 Salai.
«Shtutgart» – «Volfsburg» 1:3
Gollar: 0:1 – 13 Shlager, 0:2 – 29 Vegorst, 0:3 – 65 Gerxardt, 1:3 – 90 Kastro.

Bosh sahifaga
222