So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
AGMK - «Shabab al-Ahli» o'yinini sharhlagan Orif Tolipov: Hammasi bir yon, bu bir yon!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181
Bolalikda Evropaning biror jamoasiga muxlislik qilganman, qilmaganman deyish yolg'on bo'ladi. Hamma bolalar kabi sevganmiz futbolni, futbolchilarni. Hozir u yoki jamoaga muxlis ekansiz, sharhda sezildi, deyishsa ranjimay qo'yganman. Chunki qisqa sharhlovchilik davrimda o'nlab turli klub "muxlisi" bo'lib ulgurdim. Demak, hammasi joyida bu bilan deyman, o'zimga.
Bugun ilk bor o'zbek jamoasining xalqaro o'yinini sharhladim. Lazzat!
Kimdir e'tibor bergandir, o'yin davomida ham aytib turdim hislarimni.
Asli bu bahs Xayrulla akamning chekiga tushgandi. Kecha men "aka, birga kiraylik", dedim. Albatta rozi bo'ldilar. Bugun kechga yaqin ba'zi sabablar bois kelolmasliklarini aytganlarida, avvaliga biroz g'alati bo'ldim, qanday sharhlayman, o'zimiznikilar o'ynaganda bemalol sharhlasa bo'ladi deyishgan, xo'p shu "bemaloli" qanaqa bo'ladi, degan fikrlar o'tdi.
Keyin, translyatsiyadan avval boshqa bir sharhdan Davron akam chiqdilar, bu o'yinda menligimni bilib "zo'r bo'ladi, AGMK jang qiladi", dedilar. Butun sharhdagi ishonchim, klubimizning yutug'iga ishonchim Davron akamning shu ikki og'iz gapidan quvvat olgandi!
Ha! Evrofutbol bir yon, (biznikilar o'ynaganda) Osiyo futboli bir yon. Rohatlandim!
Ikki ustozga ham tashakkur!
Klublarimizga omad!
Orif Tolipov.