So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
A Seriya. «Yuventus» o'z uyida ishonchli g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
Bugun Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida "Yuventus" o'z maydonida "Parma" bilan to'qnash keldi. Dastlab, mehmonlar Brugmanning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan edilar. Keyinchalik esa, Aleks Sandroning dubli va Mattias de Ligt mualliflik qilgan gollar "keksa senora"ga raqib ustidan 3:1 hisobidagi g'alabani olib keldi.
«Yuventus» – «Parma» 3:1 (1:1, 2:0) «Alyants Stedium»
Gollar: 0:1 – 25 Brugman, 1:1 – 43 Aleks Sandro, 2:1 – 47 Aleks Sandro, 3:1 – 68 de Ligt.
«Yuventus» – Buffon, Aleks Sandro, de Ligt, Bonuchchi, Danilo, Artur (Bernardeski, 87), Bentankur (Rabo, 74), Makkenni (Remzi, 74), Kuadrado (Kulusevski, 74), Dibala (Morata, 84), Ronaldu.
«Parma» – Kolombi, Osorio, Lorini, Bani, Petstsella (Byusi, 81), Brugman (Ernani, 71), Grassi, Man (Karamo, 81), Kurtich, Jervino (Mixeile, 62), Pelle (Kornelius, 62).
Ogohlantirishlar:
Makkenni (23), Ernani (88), Karamo (90), Ronaldu (90).