Mourinoning o'rniga yana bir nomzod paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260

Londonning «Tottenxem» klubi lavozimini tark etgan Joze Mourino o'rniga nomzodlar izlashda davom etadi.
The Athletic nashri ma'lumotlariga ko'ra «shporlar» «Atletik» bosh murabbiyi Marselino Toral bilan aloqaga chiqishgan. Manbaning yozishicha, ispaniyalik mutaxassis ayni paytda ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida ko'rilyapti. Shuningdek, nomzodlar orasida yana Roberto Martines (Belgiya), Yulian Nagelsmann ("RB Leyptsig") hamda Skott Parker ("Fulxem") nomlari bor.
Biroq «Tottenxem» rahbariyati yangi murabbiy bilan maosh masalasida qiyinchiliklarga uchrashi ham mumkin. Chunki Mourino bo'shatilishidan oldin klubda 17 million evro maosh olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245