So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Yuventus» ham «o'yindan chiqdi». Evropa Superligasida faqat 2 ta jamoa qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179
Italiyaning ikki klubi — «Milan» va «Yuventus» Evropa Superligasini tark etganini rasman ma'lum qildi.
«Milan» muxlislar fikriga qo'shilgan holda, bu loyihadan chiqishini e'lon qildi.
Turinliklar esa Superliganing potentsialiga ishonishini, biroq uni hozirgi vaqtda amalga oshirish juda qiyinligini bildirdi.
Avvalroq «Atletiko» va «Inter» loyihada ishtirok etmasligini ma'lum qilgandi.
Shu tariqa Evropa Superligasini tark etishini e'lon qilmagan ikkita klub qoldi: «Real» va «Barselona». Yaqin orada bu ikki klub ham musobaqadan voz kechganini ma'lum qilishi kutilmoqda.
18 aprel kuni yuqorida sanab o'tilgan klublar va APLning top-6 jamoasi Evropa Superligasiga asos soldi. Uning rahbari etib «Real» prezidenti Florentino Peres tayinlandi. «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli esa unga o'rinbosar bo'lgandi.