So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasman. «Milan» ham Superligada ishtirok etmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
"Milan" klubi rasmiy sayti Superliga bilan bog'liq bayonot berdi.
"Biz Superligadan tushgan taklifni qabul qilgandik. Bunda klub va muxlislarimiz manfaati inobatga olingan edi.
O'zgarish hamisha oson bo'lmagan, ammo o'sishga erishish uchun evolyutsiya talab etiladi. Evropa futbolining tizimi o'n yillar davomida rivojlandi va o'zgardi. Ammo, Superliga borasida jahon bo'ylab muxlislarning xavotiri aniq bayon etildi. "Milan" esa ularning fikrlarini diqqat bilan eshitishi kerak.
Biz futbolning barqaror modeli ustida sidqidildan ishlashda davom etamiz", – deyiladi "rossoneri" tarqatgan bayonotda.
Eslatib o'tamiz, 12ta ta'sischi-klublardan 9tasi Superligani tark etganini e'lon qildi. Hozircha bu haqda "Real", "Barselona" va "Yuventus" klublari e'lon bermadi.