Muborakdagi stadion darvozasi to'ri almashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Mash'al" klubiga qarashli Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomidagi stadion darvozalariga yangi to'r o'rnatildi. Bu haqda O'zbekiston professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo'jaev xabar tarqatdi.
"Muborakdagi stadionda darvoza to'rlari yangilandi. Biz mana shu teshiklardan sig'ib o'tadigan to'plarda futbol uchrashuvlari o'tkazmaslikka va'da beramiz", — deya yozdi Imomxo'jaev telegramdagi kanali orqali.
Eslatib o'tamiz, 9 aprel kuni bo'lib o'tgan "Mash'al" - "Qo'qon-1912" bahsida mehmonlar futbolchisining zarbasidan so'ng to'p to'rning yon tomonidagi teshikdan kirib ketgandi. Hakamlar esa buni sezmasdan, buni gol deya hisoblashgandi. Yakunda muborakliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.

Bosh sahifaga
237