So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Shuhrat Muhammadiev: «Jamoamiz g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
Kecha bo'lib o'tgan «Andijon» - «Lokomotiv» (1:2) bahsidan so'ng «temiryo'lchilar» safida eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilardan biri Shuhrat Muhammadiev intervyu berdi.
"O'yin yaxshi bo'ldi. Har ikki jamoa oxirigacha kurash olib bordi. Bilasiz, Kubok o'yini chempionat bahslaridan farq qiladi. Birinchi taymda biroz bo'sh harakat qildik, lekin ikkinchi bo'limda vaziyatni qo'lga oldik.
«Andijon» menda iliq taasurot qoldirdi. Ular ham oxirigacha harakat qilishdi. O'yindan oldin «Andijon»da futbolchilarni ruhlantirish kuchli bo'lgan ekan.
G'alaba to'pini kiritganimdan xursandman. O'sha vaziyatda omadim ham keldi hisoblayman. Himoyachi bo'lganim uchun menga ko'proq golli to'plarni uzatish yoqadi, ammo bu o'yinda o'zim ham gol urdim.
Kubok doirasida navbatdagi uchrashuvni o'z maydonimizda «Turon»ga qarshi o'tkazamiz. Mana shu bahsda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi Shuhrat Muhammadiev.