So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL klublaridan keyin yana 2 ta jamoa Evropa Superligasini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121
Evropa Superligasi ta'sischilaridan bo'lgan yana ikki klub loyihani tark etishini ma'lum qildi.
APLning olti klubi ortidan Madridning «Atletiko»si va Milanning «Inter» klublari musobaqada ishtirok etmasligini ma'lum qildi.
Shu tariqa Evropa Superligasini tark etishini e'lon qilmagan to'rtta klub qoldi. Bular: «Real», «Barselona», «Milan» va «Yuventus».
Xabarlarga ko'ra, «Barselona» rahbariyati ham musobaqani tark etishni istamoqda. Biroq ular klub a'zolarining roziligisiz qaror chiqara olmaydi.
18 aprel kuni yuqorida sanab o'tilgan klublar va APLning top-6 jamoasi Evropa Superligasiga asos soldi. Uning rahbari etib «Real» prezidenti Florentino Peres tayinlandi. «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli esa unga o'rinbosar bo'lgandi.
Avvalroq Evropa Superligasi loyihasi APL klublarining chiqib ketgani sabab vaqtincha to'xtatilishi e'lon qilingandi.