So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Konor Makgregor: «Manchester Yunayted»ni sotib olsammikan?»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301
"Manchester Yunayted" klubiga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi yaqin vaqt ichida jamoani sotishi mumkin.
"MYu" Evropa superligasi ta'sischilaridan biri bo'lgani sababli tanqidlarga qolib ketgani bunga sabab bo'lishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" juranlisti Mayk Kigan xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Gleyzerlar haqiqatan ham "MYu"ning aktsiyalarini sotib yuborishi mumkin. Eslatib o'tamiz, ular klubni 2005 yilda 790 mln funtga sotib olishgan edi.
"Yunayted"ning Superliga loyihasida ishtirok etishi ishqibozlar va futbolchilarga yoqmadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "MYu" vitse-prezidenti Ed Vudvord iste'foga chiqarilgani haqida xabar tarqalgan edi.
UFC bo'yicha sobiq jahon chempioni Konor Makgregor mazkur xabarlarga hazilomuz munosabat bildirdi:
"Men "Manchester Yunayted"ni sotib olish haqida o'ylayapman. Bu haqda nima deysiz?" – deya yozdi Makgregor o'zining Tvitterida.
Hey guys, I’m thinking about buying Manchester United!
What do you think?