So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi to'g'ridan-to'g'ri JCh yo'llanmasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi to'g'ridan-to'g'ri Litvada o'tadigan Jahon Chempionatiga yo'llanma oldi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi so'nggi 3 ta qit'a birinchiliklaridagi natijalardan kelib chiqib, mundialga yo'l oladigan jamoalarni aniqladi. Tashkilot qaroriga ko'ra, O'zbekiston, Eron va Yaponiya futzal terma jamoalari to'g'ridan-to'g'ri Jahon Chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Qolgan yana 2 o'rin uchun esa quyidagi 4 ta jamoa kurash olib boradi: Livan, Iroq, Tailand va Vetnam.
Litvada o'tadigan JCh—2020 musobaqasiga yo'llanma taqdim etuvchi Osiyo chempionati 2020 yilning 26 fevralidan 8 martigacha Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab musobaqa noma'lum muddatga qoldirilgandi. Endilikda mazkur musobaqa o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Qayd etish joiz, futzal bo'yicha Jahon chempionati 2021 yilning 12 sentyabridan 3 oktyabrigacha bo'lgan muddatda o'tkaziladi.
O'zbekistonlik futzal terma jamoasi o'z tarixida ilk marta 2016 yili Kolumbiyada o'tkazilgan Jahon Chempionatida ishtirok etgandi.