So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston kubogi. «Dinamo» «Buxoro» bilan safarda durang qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126
O'zbekiston kubogi 1-turi doirasida «Dinamo» jamoasi G'ijduvonda «Buxoro» mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda «Dinamo» jamoasi gol urish uchun juda ko'p vaziyatlar yaratgan bo'lsa-da, uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan ochildi. 82-daqiqada navoiylik bosh hakam Zokir Qodirov to'p himoyachimizning qo'liga tegdi deb hisoblab, 11 metrlik nuqta belgiladi va bundan raqib futbolchisi Suhrob Ne'matov foydalandi – 1:0.
Hisob ochilgach hujumkorlikka zo'r bergan vakillarimiz 88-daqiqada farqni tenglashtirishdi. O'yin qoidasi buzilgach, Timur Hakimov 11 metrlik nuqtadan gol urdi – 1:1.
90+1-daqiqada qarshi hujumda «Dinamo» g'alabani ilib ketishi mumkin edi. Ammo G'olib Sariboevning yakkama-yakka vaziyatda etkazgan to'pini hujumchimiz bo'sh darvozaga kiritita olmadi – omad yuz o'girdi. Yakunda hisob 1:1 natijasi bilan tugadi.
Shu tariqa, G'ijduvonda samarqandlik muxlislar qo'llab-quvvatlashi ostida to'p surgan «Dinamo» jamoasi safardan muhim bir ochko bilan qaytdi.
O'zbekiston kubogi. 1-tur. 20 aprel
«Buxoro» – «Dinamo» - 1:1
Hakamlar: Zokirjon Qodirov, Jasur Rustamov, Amal Sultonov, Shuhrat Rajabov
Gollar: Suhrob Ne'matov 82 penalti - Timur Hakimov penalti 88.
«Buxoro»: 1. Rohat Japarov, 5. Bobur Qosimov, 8. Anvar Jo'raev, 11. San'at Shixov, 13. Amirjon Safarov, 14. Rustam Abduhamidov, 15. Shoxruh Xolmatov (7.Suhrob Ne'matov, 71), 16. Alisher Sanoev, 18. Qahramon Bahodirov, 34. Hakimxon A'lamxonov, 77. Fayzullo Jumanqo'ziev (11.Shavkat Salomov, 46)
«Dinamo»: 1. Farhod Rahmatov, 7. Shoxruh Abdurahmonov, 9. Temur Usmonov, 11. Temur Hakimov, 14. Siroj Meliev (77. Oleg Marchuk, 75), 15. Obid Jo'raboev, 17. Temurbek Ismoilov, 21. Muhammadqodir Hamraliev, 22. G'olibjon Sariboev, 26. Komil Sharofutdinov, 77. Sardor Eminov.