So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bugun 12 nafar bokschimiz jahon chempionati yarim finaliga chiqish uchun jang qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151
Polshada yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining saralash bahslari ortda qoldi. Bugundan musobaqaning chorak final bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Bugun reglamentga kiritilgan vazn toifalarida 12 nafar bokschimiz yarim final yo'llanmasi ringga chiqadi. Boks qoidalariga ko'ra yarim final ishtirokchilari kamida bronza medalini naqd qilib qo'yishini inobatga olsak, barcha hamyurtlarimiz JCh medali uchun juda yaqin turishibdi. Bugun ringga ko'tariladigan hamyurtlarimiz bilan tanishing:
Kunduzgi dastur: «A» ringi
-54 kg: Nigina O'ktamova – Noppaket Srisavas (Tailand) – 17:00
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva – Evelina Taimi (Finlyandiya) – 17:45
-75 kg: Nurislom Ismoilov – Mixail Usov (Rossiya) – 19:45
-91 kg: Amirshoh Samadov – Yakub Strashevski (Polsha) – 20:00
Kunduzgi dastur: «B» ringi
-49 kg: Ibrohim Ishjonov – Sanjar Tashkenbay (Qozog'iston) – 18:15
-56 kg: Dilshod Abdumurodov – Sachin (Hindiston) – 18:45
Kechki dastur: «A» ringi
-75 kg: Sohiba Ro'zmetova – Raisa Piskun (Ukraina) – 22:00
-52 kg: Shahzod Muzaffarov – Daiya Kira (Yaponiya) – 22:45
-60 kg: Aydos Tog'ayboev – Jon Orobio (Kolumbiya) – 23:15
Kechki dastur: «B» ringi
-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva – Elida Kocharyan (Armaniston) – 21:45
-69 kg: A'loxon Abdullaev – Chem Kaya (Turkiya) – 23:45
-81 kg: Shohjahon Abdullaev – Delil Dadaev (Germaniya) – 00:15
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan. Undan avvalgi janglarning yakunlanishiga qarab vaqt o'zgarishi mumkin.
Kecha o'tkazilgan janglar yakuniga ko'ra, Sitora Turdibekova, Dilfuza Bekova va Jahongir Zokirov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Manba: olympic.uz