So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Alaba: «Buni o'ylash og'ir»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244
Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi David Alaba jahon bo'ylab avj olib borayotgan ratsizm haqida gapirdi.
«Men Avstriyada qora bo'lib o'sib ko'p narsalarni o'rgandim (agar shuni aytish, kerak bo'lsa). Yoshligimda sira ham bunga e'tibor bermaganman. Chunki odamlarda haqorat qilishga ortiqcha ehtiyoj bo'lmagan.
Muhimi, biz oqtanlilar bilan birga voyaga etdik, birga ilm oldik. Oramizda hech qanday farq yo'q. Biroq ayni paytda dilni xira qiladigan voqealar juda ko'p uchramoqda. Buni o'ylash og'ir.
Biz yagona insoniyat sferasiga birlashishimiz kerak. Aks holda ayri holda muammolarning bir bo'lagi bo'lib qolaveramiz. Jamiyatda o'zgarish bo'lishi uchun insonlarning fikrlash doirasi keng bo'lishi kerak», - deydi Alaba.