So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. So'nggi daqiqalarda kiritilgan gol «Liverpul»ni galabadan maxrum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212
Angliya chempionatining 32 turi doirasida «Liverpul» «Lids» bilan kuch sinashdi. «Elland Roud» o'yingohida kechgan bahs 1:1 hisobiidagi durrang bilan yakunlandi.
Dastlab, birinch taymda mehmonlar vakili Jota maydon markazidan raqib jarima maydoni tomon ajoyib uzatma amalga oshirdi. To'pni qabul qilib olgan Trent esa uni Mane tomon oxista tashlab berdi va senegallik futbolchi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi.
Keyinchalik, ikkinchi bo'limda mezbonlar hujumlarga zo'r berishdi. Taym oxirlarida Jek Xarrison burchak zarbasidan to'pni jarima maydoni tomon uzatdi.
Hammadan baland sakragan Lorente esa boshi bilan to'pni darvozaga joylab hisobidagi muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Yakunda, tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishdi.
Shu tariqa, ushbu o'yindan keyin, «Liverpul» ochkolari sonini 53 taga etkazib, turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. Bugungacha 46 ochko jamg'argan «Lids Yunayted» esa o'ninchi pog'onani band etgan.
«Lids» – «Liverpul» 1:1 (0:1, 1:0) «Elland Roud»
Gollar: 0:1 – 31 Mane, 1:1 – 87 Lorente.
«Lids» – Mele, Lorente, Streyk, Eyling, Dallas, Fillips, Xarrison, Alioski (Klix, 79), Elder Koshta (Poveda, 67), Bemford, Roberts (Ernandes, 86).
«Liverpul» – Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, Kabak, Fabino, Tiago Alkantara, Veynaldum, Mane (Salax, 71), Milner, Diogu Jota (Oksleyd-Chemberlen, 81), Firmino.
Ogohlantirishlar:
Dallas (25), Alioski (37), Firmino (39).