So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evropa Superligasi. Bu musobaqa tuzilishiga nima sabab bo'ldi? Mazkur musobaqa haqida biz bilgan va bilmagan haqiqatlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174
Biz tunda nima bo'lganini va Evropa va dunyo futboli uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilib olamiz.
Siz uxlayotganingizda, futbol olamida inqilob boshlandi – jahon futboli grandlari yangi turnir – Evropa Superligasi tashkil etilganini rasman e'lon qilishdi.
Bu klublar kimlar?
Superliga asoschilari Angliyaning «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem», Ispaniyaning «Atletiko», «Barselona» va «Real» hamda Italiyaning «Milan», «Inter» va «Yuventus» klublari hisoblanadi.
Yaqin kelajakda ularning tarkibiga yana 3 ta liganing asosiy klublari qo'shilishi kerak. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, bular Germaniyaning «Bavariya» va «Leyptsig» hamda Portugaliyaning «Portu» klublari.
Birinchi mavsumda jami 20 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan: har yili natijalariga ko'ra aniqlanadigan 15 ta ta'sis klubi va yana 5 ta ishtirokchi. Saralash bosqichi o'tgan mavsumdagi yutuqlariga qarab tanlanadi.
Qaysi jamoa rad etdi?
G'oyani «Borussiya Dortmund», «Bavariya» va «PSJ» qo'llab-quvvatlamagan, ammo Myunxenliklar hanuzgacha Superligaga kirishi e'lon qilinadigan klublarning ikkinchi to'lqini qatorida.
PSJ vaziyatida ko'p narsa UEFA direktorlar kengashida o'tirgan va shuningdek, Chempionlar Ligasi o'yinlarini translyatsiya qilish huquqi uchun UEFAga millionlab dollar to'lagan BeIN Media Group’ni boshqaradigan prezident Nosir Al-Xelayfiga tegishli.
Yaratilish sababi
Albatta, bularning barchasi PUL tufayli. Evropaning eng yaxshi klublari hali ham UEFA bilan Chempionlar Ligasining yangi formati to'g'risida kelisha olishmadi, garchi bu mart oyida e'lon qilinishi kerak bo'lsa-da. Katta klublar o'rtamiyona jamoalar bilan bellashishni istashmayapti va yana-da kuchliroq chempionatni talab qilishmoqda.
Superligadagi ishtirok klublarning byudjetiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. 15 ta ta'sischiga boshlang'ich to'lov 3,5 milliard evroni tashkil etadi (89 dan 310 milliongacha).
Ushbu pullar pandemiya paytida bo'sh stadionlar tufayli ko'rilgan zararni qoplashga bemalol etadi.
Hammasi bo'lib, ular birinchi marta Evropa ligalari va klublari o'rtasida birdamlik mexanizmi bo'yicha 10 milliard evroni taqsimlashni va'da qilishmoqda – ya'ni musobaqada qatnashmaydiganlar ham foyda olishadi.
Format qanday?
Yangi tashkil etilgan Evroliganing starti avgustga belgilangan. Format bo'yicha klublar 10 ta jamoadan iborat ikkita guruhga bo'linadi, ular har bir raqib bilan uyda ham, safarda ham an'anaviy davra o'yinlari turnirini o'tkazadilar.
Guruhdagi dastlabki uch o'rin to'g'ridan to'g'ri chorak finalga yo'l oladi, 4-5 o'rinlar chorak finalga yana bir yo'llanma uchun kurash olib boradi.
Ichki raqobat haqida nima deyish mumkin?
Superligani yaratgan klublar o'z mamlakatlari chempionatlarida qatnashishdan bosh tortishmaydi. Bu haqda klublarning rasmiy bayonotida aytilgan.
Superliga o'yinlari hafta o'rtalarida bo'lib o'tadi va barcha jamoalar o'z milliy ligalarida qolish niyatida.
Shunday qilib, Superliga milliy chempionatlarga emas, balki Chempionlar Ligasiga alternativaga aylanadi.
Superliga yaratilishi ortida kim turibdi?
Superliganing ilk mavsumdagi prezidenti «Real Madrid» prezidenti Florentino Peres edi. U shuningdek musobaqaning asosiy tashabbuskori deb qaralchpti – u uzoq vaqt davomida g'oyani tayyorlab keldi va asta-sekin butun tizimni qurdi.
«Yuventus» prezidenti Andrea Anelli va «Manchester Yunayted» egasi Joel Gleyzerlar Superliga vitse-prezidentlari etib tayinlanishdi.
Superliganing bosh homiysi – bu ulkan bank JP Morgan, bu ligaga 4,6 milliard funt sarmoya kiritishga tayyor. Shu bilan birga, bank translyatsiya huquqlarini sotish orqali kelgusi daromadlardan mablag'larni qaytarishni kutmoqda.
Televizion huquqlar har yili 3,5 milliard evro to'lashga tayyor bo'lgan DAZN’ga o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Lekin, teleradiokompaniyaning o'zi hozircha ushbu ma'lumotni rad etib kelmoqda.
UEFA va FIFAning reaktsiyasi
FIFA allaqachon Superliga yaratilishini qoralagan va tomonlarni muzokaraga chaqirgan, ammo barchasi kundek ravshan.
UEFA ancha keskin qarorni e'lon qilish arafasida turibdi, Ittifoq ishtirok etayotgan klublarga sud orqali ham, moliyaviy tomondan ham tahdid qildi.
Superligada ishtirok etadigan klublarning milliy, Evropa yoki jahon miqyosidagi boshqa biron bir musobaqada ishtirok etishining taqiqlanishi va ularning futbolchilariga o'z jamoalari vakili bo'lish imkoniyatidan mahrum etilishi aytilgan edi. Ya'ni, qaysi klub futbolchisi Superligada ishtirok etsa, UEFA va FIFA tasarrufidagi har qanday musobaqadan chetlashtiriladi.
Ushbu mavsumda ichki chempionatlarga hech narsa ta'sir qilmasligi kerak, ammo Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi to'g'risida turli xil mish-mishlar tarqalmoqda.
Qayd etilishicha, bo'lajak Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi o'yinlari keyinga qoldirilishi yoki umuman bekor qilinishi mumkin.
Agar UEFA chindan ham ushbu diskvalifikatsiyani «Real», «Manchester Siti» va «Chelsi» ga tatbiq etsa, unda Superligaga qo'shilmagan yagona yarim finalchi – «PSJ» Chempionlar Ligasini muddatidan oldin yutadi. Evropa Ligasida bu holatda «Roma» va «Vilyarreal» kubok uchun kurash olib boradi.
Ammo, jurnalist Fabrizio Romanoning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda UEFA navbatdagi Evropa kubogi o'yinlari to'g'risida hech qanday bayonot bermagan.
Keyin nima bo'ladi?
Hamma UEFAning rasmiy e'longa munosabatini kutmoqda. FIFAning muzokaralar stoliga o'tirishga chaqirgan so'zlari, shuningdek, Chempionlar Ligasi yangi formatining uzaytirilishi, bularning barchasi oddiy shantaj ekanligini ko'rsatmoqda.
UEFA bayonotida klublar va o'yinchilar Evroligada ishtirok etsa, ularga nisbatan sanktsiyalar qo'llanilishi haqida eslatma mavjud, ya'ni musobaqaning birinchi o'yini bo'lib o'tguniga qadar bularning barchasi amalda bo'ladi. Hech bo'lmaganda, bu joriy futbol mavsumining tugashiga, shuningdek, Evro-2020 va Amerika Kubogida terma jamoalar to'liq tarkibda bo'lishiga sabab bo'ladi.
UEFAning bitta yo'li bor
Bu vaziyatda UEFA va FIFA bir yoqadan bosh chiqarishi kerak. Tabiiyki, UEFA grand klublarning EChL va ELda qatnashmasligidan katta zarar ko'radi. Har qanday holatda ham tashkilot jamoalarni saqlab qolishga harakat qiladi. Buning bitta yo'li: amaldagi moddiy rag'batlar miqdorini keskin oshirish. Klub ho'jayinlari ortiq bu masalada muzokara o'tkazishga rozi bo'lishmaydi.
Ana undan keyin biz tasavvur qila olmaydigan cheklovlar futbol olamida paydo bo'ladi.
Xo'sh, ushbu holat tomonlarga muzokara o'tkazish uchun vaqt beradi. Agar ular rozi bo'lmasalar, biz odatlanib qolgan futbol abadiy o'zgarib ketishi mumkin.
«Liverpul» klubining sodiq muxlislari bu borada sobitqadam. Ular sevimli jamoalarining Superligada ishtirok etishiga qarshi.
Asosiy masala: Evropa Superligasi grand klublar rahbariyatining foyda ko'rish uchun amalga oshirayotgan g'oyasi. Har bir klubda Evroliga tashkil etilishiga qarshi bo'lgan futbolchilar va murabbiylar topiladi. Lekin katta ehtimol bilan bu ish sodir bo'ladi. Ulkan foydaning ortidan futbolda joziba yo'qolish arafasida. Tayyor turing
Manba: ISPORT