So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UEFA javob yurishini qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180
UEFA Ijroqo'mi Evropa chempionlar ligasining yangi formatini tasdiqladi. Ushbu format 2024 yildan kuchga kiradi.
Yangi formatga ko'ra, musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etadigan klublar soni 36taga etkaziladi. Saralash bosqichi orqali guruh bosqichiga chiqa olmagan top-jamoalarga yangi joylar taqdim etilishi ko'zda tutilgan.
Barcha jamoalar bir guruhga joylashtiriladi, ular guruhlarga ajratilmaydi. Klublar "shveytsarcha tizim"da 10tadan o'yin o'tkazishadi. Dastlabki 8ta o'rinni egallagan jamoalar to'g'ri-to'g'ri pley-offga bosqichiga chiqsa, yana 8ta yo'llanma egasi qo'shimcha pley-off orqali aniqlanadi.
Mazkur format orqali klublarning daromadlari oshishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, UEFA yangi formatni kecha e'lon qilingan Evropa superligasini tashkil etish g'oyasiga muqobil tarzda qabul qildi.