So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UEFA Superliga to'g'risida bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) va milliy federatsiyalar Evropa Superligasi tuzilishi mumkinligi to'g'risida bayonot berdi, deb xabar berdi Evropa tashkilotining rasmiy sayti.
- Agar Superliga haqiqatan ham yaratilgan bo'lsa, unda uning ishtirokchilari UEFA homiyligida o'tkaziladigan milliy chempionatlaridan va musobaqalaridan chetlashtiriladi.
«Jamiyat hamjihatlikka har qachongidan ham ko'proq ehtiyoj sezayotgan bir paytda biz bir nechta klublarning shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ushbu hiyla-nayrangli loyihaning oldini olish bo'yicha sa'y-harakatlarimiz birlashadi», deyiladi bayonotda.
Xabar qilinishicha, Superliga tashkil etilishi haqida Angliyaning eng yaxshi oltita klubidan beshtasi, shuningdek, Ispaniya va Italiyaning uchtadan klublari e'lon qildi. Bayonot chiqargan klublar qatoriga «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti», «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem», «Barselona», «Real», «Atletiko», «Inter», «Milan» va «Yuventus» kiradi. Shu bilan birga, Germaniya va Frantsiyaning ikki giganti - «Bavariya» va «PSJ» bundan tiyilishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Superligani Evropaning eng yaxshi 20 klubi homiyligida birlashtirish uchun yaratilishi mumkin. Bu Chempionlar Ligasi islohotiga javob sifatida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
Manba: interfutbol.uz