APL. MYu "fergi taym"da qiyin g'alabani qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

APL 32-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Byornli" uchrashuvi o'z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Hisob 48-daqiqada Meyson Grinvud tomonidan ochildi. Uning goliga mehmonlar 114 sekund ichida javob qaytardi. Keyinchalik, Grinvudning o'zi dublni rasmiylashtirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, qo'shimcha daqiqalarda Kavani o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
Manchester Yunayted – Bernli 3:1
Gollar: Grinvud (48, 1:0). Tarkovski (50, 1:1). Grinvud (84, 2:1). Kavani (90+3, 3:1).
Manchester Yunayted – Xenderson, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Lindelef, Fred (Kavani, 46), Pogba, Maktomini, Brunu Fernandesh, Grinvud, Reshford (van de Bek, 84).
Bernli – Pikok-Farrell, Louton, Teylor, Tarkovski, Mi, Kork, Vestvud, Gudmundsson (Rodriges, 88), Braunxill (Vidra, 88), Maknil, Vud.
Ogohlantirish: Uan-Bissaka (26), Kork (57), Tarkovski (89).

Bosh sahifaga
227