«Navbahor» MTRK avtomobilini ta'mirlab berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga 5-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng, ayrim muxlislar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilgan va buning natijasida O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga tegishli bo'lgan Ko'chma televizion stantsiyaning maxsus avtomobili shikastlangandi.
Tartibsizliklar uyushtirgan muxlislar jazoga tortilishdi. MTRK avtomobili esa ta'mirdan chiqarildi.
Umid qilamizki, endi bunday tartibsizliklar yuz bermaydi hamda "Navbahor" ishqibozlari muxlislik madaniyatiga amal qilishadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!