So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Boks bo'yicha terma jamoamiz navbatdagi musobaqaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
Bugun erta tongda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo'nab ketdi.
Vakillarimiz 19-24 aprel kunlari ushbu shaharda o'tkaziladigan «Sankt-Peterburg Gubernator kubogi-2021» musobaqasida ishtirok etishadi.
«Sibur Arena»da o'tadigan an'anaviy xalqaro musobaqada bu yil 15 mamlakat vakillari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Ular orasida mezbon va o'zbekistonlik bokschilardan tashqari Kuba, Qozog'iston, Hindiston, Shotlandiya, Tailand, Marokash, Niderlandiya kabi etakchi mamlakatlarni ham uchratish mumkin.
Vakillarimiz musobaqada asosiy tarkib bilan ishtirok etadi. Rossiya safariga quyidagi bokschilarimiz yo'l olishdi:
49kg: Nodirjon Mirzahmedov
52kg: Shahobiddin Zoirov
56kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
60kg: Abdumalik Halakov
64kg: Elnur Abduraimov
69kg: Bobousmon Boturov
75kg: Fanat Qahramonov
81kg: Dilshodbek Ro'zmetov
91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov