Verner: «Bu men uchun noodatiy uslub»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127
Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Timo Verner «Man Siti»ga qarshi kechgan mamlakat kubogi yarimfinalidan so'ng o'z fikrini bildirdi.
«Biz ajoyib mavsum o'tkazyapmiz. Bu erda murabbiyning mahoratini alohida ta'kidlash joiz. Butun mavsumga ajoyib baho bergan bo'lardik agar titullarni qo'lga kiritsak. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p. EChL yarim finaliga chiqdik, bu erda ham natijaga erishishimizga ko'zim etyapti.
Men bu mavsum gollardan ham kutganimdan ko'proq assist qayd etyapman. Bu men uchun noodatiy uslub. Biroq jamoamga shu yo'l bilan ham foyda keltirayotganim muhim», - deydi Verner.
Eslatib o'tamiz, Angliya kubogi finali 15 may kuni bo'lib o'tadi. Unda «Chelsi»ga «Lester» hamda «Soutgempton» jamoalaridan biri raqiblik qiladi.