So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Italiyada inqilob: Endi futbol televizorda ko'rsatilmaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360
Italiya futbolida haqiqiy inqilob ro'y berdi. Yaqin uch yil mobaynida - mavsum-2021|2022dan boshlab - «A» seriya o'yinlarini translyatsiya qilish huquqi DAZN striming servisi ixtiyoriga o'tdi. Bu haqdagi kelishuv liga rahbarlari uchrashuvida amalga oshdi - 20ta klubdan 16tasi g'oyani yoqlab ovoz berishdi.
Kelishuvga ko'ra, DAZN har bir turdagi 7ta o'yinni efirga uzatish bo'yicha eksklyuziv huquqni qo'lga kiritadi. Mazkur servis qolgan uchta uchrashuv huquqini Sky Sports telekompaniyasi va ehtimol, Mediaset bilan bo'lishadi — muzokaralar davom etmoqda. Kelishuv summasi bir mavsum uchun 840 million evroni tashkil qiladi. Liga yana 70 million evroni Sky Sports kompaniyasidan oladi - hamkorlikdagi translyatsiya huquqi bo'yicha muzokaralar yaqin orada yakunlanadi.
Sarlavhada «inqilob» iborasining ishlatilgani tasodif yoki mubolag'a emas. Jarayonga berilgan umumiy baho shuni taqozo etmoqda. Italiyaning uchta etakchi nashri — La Gazzetta dello Sport, Corriere dello Sport va Tuttosport — ushbu yangilikni gazeta muqovasida aks ettirishdi. Sarlavhalar ham mos ravishda shunday ko'rinish oldi: «TVda inqilob», «Teleinqilob», «TVda futbol inqilobi».
Aslida, bu nafaqat Italiya, balki butun futbol sanoati uchun muhim yangilik sanaladi. Garchi so'nggi yillarda planshet va smartfonlarda ham o'yinlarni tomosha qilish imkoni vujudga kelgan bo'lsada, translyatsiyalar huquqi klassik telekompaniyalarga berilishiga ko'nikkandik. O'sha Sky Sports deyarli 20 yil mobaynida - 2003 yildan «A» seriyaning asosiy brodkasteri hisoblangan.
So'nggi yillarda striming servislari ham ushbu hududga kirishni boshlashdi. Yozda yakunlanadigan kelishuvga ko'ra, DAZN «A» seriyaning har bir turida uchta uchrashuvni efirga uzatish huquqiga ega edi.
Servisning Germaniyadagi ko'lami yanada kengroq bo'lgan: o'tgan yozda ushbu tizim 2021-2025 yillar mobaynida Budesliganing 106ta o'yini translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi (Sky kanalida 200ta o'yinni ko'rsatish huquqi bor). Chempionlar Ligasida esa DAZN bu borada ancha ustun - 104ta o'yin, Sky ixtiyorida 34ta.
Amazon internet-giganti Angliyada o'zining Prime Video nomli servisi orqali qatorasiga ikki yil mobaynida Premer-liganing ikkita turi translyatsiyasi huquqiga ega chiqqan, ulardan biri 26 dekabrdan boshlanadigan «Boksing dey»ga to'g'ri kelardi. Konservativ hisoblangan Britaniya uchun bu haqiqiy hayratlanarli voqea bo'ldi - uy sharoitidagi internet tezligi oqimli videoga bardosh berolmasligi oydinlashdi. APLdagi mavjud teleshartnoma 2022 yilning yozida yakunlanadi va Amazon kompaniyasining mazkur kelishuv borasida qanday qarorga kelishini bilish juda qiziq.
Bir-ikkita turni sotib olish yoki Germaniyada bo'lgani kabi, transfer bo'yicha o'yinlarning uchdan biriga egalik qilish huquqi boshqa narsa. Striming platformasining barcha huquqlarni to'liqligicha o'ziniki qilishi, telegigant-lar esa sublitsenziya bilan kifoya-lanishlari (barcha 10 o'yin DAZN tizimida bo'lgan payt, tomoshabin Sky kabilarga e'tibor qaratarmidi?) mutlaqo boshqa narsa. Italiya ushbu jarayonga birinchilardan guvoh bo'lgan mamlakatga aylandi, shunday ekan, inqilob masalasida fikr yuritish o'rinli.
Nufuzli auditorlik kompaniyasi hisoblangan Deloitte tomonidan 2020 yil yanvarida qilingan hisob-kitoblarga ko'ra, etakchi ligalardagi telehuquqlar narxi shundoq ham cho'qqiga chiqib ulgurgan - ularni sotib olish bozordagi sanoqli «o'yinchilar»gagina nasib etadi. Misol uchun - APL 2016-2019 yillar mobaynida telehuquqlarni 5,136 milliard funtga sotgan bo'lsa, 2019-2022 yillarda ettita telehuquq paketining beshtasi 4,464 milliard funtga pullandi. Xaridorlar - Sky va BT Sport bundan ortiq mablag' to'lolmasdilar.
Deloitte tahlilchilarining ta'kidlashlaricha, telehuquqlar narxining pasayishi bozorga striming servislari singari yangi «o'yinchilar» kelishiga zamin yaratardi. Xuddi shunday ham bo'ldi. To'g'ri, yuqorida aytilganidek, DAZN «A» seriyaga yiliga 840 million evro to'laydi, Sky esa avvalgi shartnomaga muvofiq 973 million evro to'lardi. Biroq yangi shart-sharoitlarga ko'ra, kompaniya ushbu narxni ko'tarolmasdi, shu bois, mavsumning barcha o'yinlari uchun yiliga 750 million taklif qildi. Ya'ni, bir tomondan, pasayish bor, boshqa tomondan - u sezilarli darajada katta emas. Klublar shundoq ham bo'sh tribunalardan ziyon ko'rayotgan pallada bu muhimdir.
J.BOBOXONOV tayyorladi
Manba: interfutbol.uz