APL. Keyn dublga erishgan o'yinda «Tottenxem» ochko yo'qotdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Angliya chempionatining 32-tur o'yinlarini «Everton» va «Tottenxem» jamoalari ochib berishdi. Ularning o'zaro to'qnashuvida jangovar durang qayd etildi.
"Shporlar" safida Xarri Keyn, "Everton" tarkibida esa Gilfi Sigurdsson 2tadan gol muallifiga aylanishdi.
Ushbu durangdan so'ng "Tottenxem"ning ochkolari 50, "Everton"niki esa 49taga etdi. Ular jadvalda mos ravishda 7 va 8-o'rinlarni egallab turishibdi.
Angliya chempionati, 32-tur
Everton – Tottenxem 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 27 Keyn, 1:1 – 31, penalti Sigurdsson, 2:1 – 62 Sigurdsson, 2:2 – 68 Keyn.
Everton – Pikford, Xolgeyt, Din, Godfri, Kin, Allan, Xames, Ivobi (Koulmen, 61), Sigurdsson, Devis (King, 84), Risharlison.
Tottenxem – Loris, Ore, Regilon (Lukas Moura, 64), Rodon, Dayer, Ndombele (Lamela, 64), Sissoko, Son Xyong Min, Xeyberg, Alderveyreld, Keyn (Alli, 90).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (7), Devis (21).

Bosh sahifaga
321