So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Futbol yulduzlari hech qachon tashrif buyurmagan Rossiyadagi stadionlar. 2-qism (Fotomaqola)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246
Bir necha yillar oldin, biz Rossiyada bo'lib o'tgan JCh - 2018 uchun qurilgan yangi futbol arenalariga guvoh bo'lganmiz. Ular qulay, zamonaviy va ajoyib. Ammo Rossiyaning ichki qismida yana shunday stadionlar borki, ularda kamdan - kam holda musobaqalar uyushtiriladi, futbol yulduzlari esa hech qachon tashrif buyurmaydi. Hozir biz sizlar bilan ushbu stadionlarga sayohat uyushtiramiz.
"Torpedo" stadioni - Dimitrovgradning "Lada" jamoasining uy arenasi. Mazkur maydon Bolshoy Cheremshan daryosi bo'yida joylashgan. Shuningdek, Kuybishev suv omborining Cheremshanskiy ko'rfaziga tutashgan joyiga ham yaqin
Efremov chakalakzori o'rtasida joylashgan "Ximik" stadioni. Mazkur stadionda Tula viloyatining "Mech" futbol klubi raqiblarini qabul qiladi.
Artek - Qrimning janubiy qirg'og'idagi Gurzuf qishlog'idagi xalqaro bolalar markazi. Sovet davrida Artek SSSRdagi eng taniqli pioner lageri edi. Har bir sovet bolasi Artekka sayohat qilishni orzu qilardi. Artek hududida taxminan 7500 kishini sig'diradigan stadion mavjud. Stendlar Qora dengiz va Ayu-Dag tog'ining ajoyib ko'rinishini taqdim etadi. Ushbu stadionda 1991 yilgacha ligalararo o'tish turnirlari o'tkazilardi.
Xolmsk shahrining "Portovik" futbol klubining uy stadioni hisoblanadi. Xolmskdagi uy uchrashuvi uchun Vanino portidan o'tish kerak bo'ladi. Mazkur portda sayohat qulay ob-havo sharoitida 11-12 soatni tashkil qiladi. Hozirda "Portovik" jamoasi Saxalin viloyati chempionatida o'ynamoqda.
Moskva viloyatining Dmitrovskiy shahar okrugidagi Novosinkovo qishlog'ida joylashgan maydon. Ushbu stadion Varvarka daryosi bo'yida joylashgan.
Ushbu stadionda "Strogino" futbol klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Stadionning nomi "Yantar". Shu erdagi odamlar, hamda turistlar uchun yozgi ta'tilni o'tkazish uchun eng qulay joy.
Perm o'lkasining Chusovaya shahridagi "Krasnaya Zvezda" futbol arenasida qolgan arka. Hozirda ushbu stadiondan deyarli foydalanilmaydi.
Yujno-Saxalinskdagi "Spartak" stadionining murabbiylar o'rindig'idan "Mountain Air" chang'i kurortining ko'rinishi.
"Spartak" jamoasining Suzdaldagi sport arenasidir. Mazkur joy hozirda qayta tiklanmoqda. Ushbu kompleks kamenka daryosi va Aleksandr monastiri yaqinida joylashgan bo'lib, 1240 yilda Aleksandr Nevskiy tomonidan tashkil etilgan.Orqa tomonda Nikolskaya Piter va Pol cherkovlari bilan shafoat monastiri ansambli ko'rinadi. Bir necha asrlar davomida monastir Rossiyadagi eng yirik ibodatxonalardan biri bo'lgan va biroz vaqt ushbu joy aristokrat oilasining vakillarini yashash makoni bo'lgan.
Bryansk viloyati, Lyuboxna shahar chetidagi aholi punktidagi "Liteyshik" stadioni. "Metallurg-Triumf" futbol klubi bu erda uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Daraxtlar ortidan Bolna daryosi oqib o'tadi.
Blagoveshchenskdagi "Amur" stadioni. Stadionning qarama-qarshi qirg'og'ida Xitoyning Xeyxe shahri joylashgan. Blagoveshchensk va Xeyxeni 550 metr suv sathi ajratib turadi: shaharlar o'rtasida vizasiz rejim mavjud.
Ushbu Onguday qishlog'i Oltoy Respublikasidagi joylashgan bo'lib, mazkur joyda qariyb 5500 atrofidagi kishi istiqomat qiladi. Bu erda joylashgan stadionga yulduz futbolchilar kelmaydi. Shuning uchun ham sigirlar bamaylixotir o'tlashmoqda.
Krasnoyarsk qal'asi. Bu joy Volga daryosining Sok daryosiga quyiladigan hududida joylashgan. Ushbu daryolar Samara viloyati, Krasny Yar qishlog'ining markazidan oqib o'tadi. Ko'rinib turgan qal'adan hozir faqatgina qoldiqlar qolgan, ammo ichkarisida stadion va boshqa sport maydonchalari yaxshi saqlangan.
Leningrad viloyati, Kirovsk shahridagi "Yuriy Andreevich Morozov" nomidagi stadion. Orqa tomonda Neva daryosi joylashgan. Arena Neva daryosi quyiladigan Ladoga ko'lidan ham 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Grecheskoy qishlog'i. Rossiyaning Stavropol o'lkasining Mineralovodskiy shahar okrugidagi qishloq. 1897 yil 21 sentyabrda Usmonlilar imperiyasidan ajralib chiqqan yunon ko'chmanchilari tomonidan tashkil etilgan. Qishloqda 1090 kishi istiqomat qiladi (2015 yil ma'lumoti), ularning 68% yunonlardir. Qishloqning asosiy va yagona diqqatga sazovor joylari - 1909 yilda qurilgan G'olibona Jorj cherkovi yonida joylashgan mahalliy "Ambros" klubining uy stadionidir. Jamoa nomi yunon tilidan "Oldinga" deb tarjima qilingan.
Birinchi qism: https://stadion.uz/n/278592/t
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.
Manba: stadion.uz