So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bu yil OChL guruh bosqichidan nechta jamoa «pley-off» raundiga chiqadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
Bu yil OChL guruh bosqichidan nechta jamoa «pley-off» raundiga chiqadi? Tabiiyki, bu savol ko'pchilikni qiziqtaradi. Zero, bu mavsumdan e'tiboran OChL ishtirokchilari soni oshirildi. Aniqroq aytsak, endi turnir guruh bosqichida oldingidek 32ta emas, 40ta jamoa ishtirok etadi.
Demakki, guruhlar soni 10taga oshdi - «G'arb» va «Sharq» mintaqalaridan 5tadan kvartet. OChL yangi reglamentiga muvofiq, yakunda guruh g'oliblari, shuningdek, har ikki mintaqadan 3tadan eng yaxshi ko'rsatkichga ega 2-o'rin sohiblari kurashni davom ettirishadi. Xullas, «G'arb» mintaqasidan 8ta klub «pley-off» raundiga o'tadi.
Eslatma, oldingi mavsumlarda guruhda 1-2-o'rinlarni egallagan klublar nimchorak finalga yo'l olardi. Endi biroz qiyin, demakki, kurash yanada keskinlashsa kerak. Bu tizimda jamoalar o'z guruhidagi o'yinlardan tashqari, boshqa kvartetlardagi umumiy holatni ham kuzatib borishga majbur.