U cho'pon bo'ldi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8564

– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
– O'g'lim, qachon o'yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo'lib qolding. Uyat emasmi? Yaxshisi, bor, qo'ylarga em ber.
– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o'ynagani chiqsam maylimi?
– O'g'lim, foydali ish bilan shug'ullansang bo'lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o'tlatib kel.
Oradan yillar o'tib bolakay yaxshi cho'pon bo'lib etishdi. Otasi esa choyxonada og'iz ko'pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo'qligini iddao qilyapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287