So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Peres 2025 - yilgacha Madridda. Yangi «Real» qanday bo'ladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255
Florentino Peres 2025-yilgacha Madridning "Real" klubi prezidenti bo'lib qoladi, chunki undan boshqa hech kim saylovda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlarni o'z vaqtida taqdim etmagan. Shunday qilib, Florentino Peres Madrid klubini yana to'rt yil boshqaradi.
Peres jami 18 yil davomida "Real"da prezidentlik qilgan. Ushbu vaqt davomida "Qirollik klubi" nafaqat Ispaniyada, balki butun Evropada qo'lga kiritmagan sovrini qolmadi. Musobaqalardagi muvaffaqiyat iqtisodiy daromad bo'yicha birinchi jamoaga aylandi.
Futbol va basketbol klubilaridagi muvaffaqiyatli davr
Florentino qo'l ostida Madrid jamoasi qo'lga kiritgan 26 musobaqada g'alaba qozongan. Peresning amaldagi prezidentlik yillarida qo'lga kiritgan 6ta Chempionlar Ligasi kubogi uning naqadar ishni to'g'ri yo'lga qo'yganini ko'rsatadi. Qolaversa, "qaymoqranglilar" Peres qo'l ostida besh marta Evropaning eng yaxshi jamoasiga aylanganligin ham aytib o'tish zarur.
Bundan tashqari, "Real Madrid" basketbol jamoasi prezidenti hisoblanadigan Florentino mazkur jamoa bilan o'tgan yillar davomida 21 titulni qo'lga kiritgan. Bu ham Peresning mehnatlari desak mubolag'a bo'lmas, chamamizda.
Tomoshabinlarning tribunalarga qaytishi.
Ushbu yangi prezidentlik davrida hal qilinishi kerak bo'lgan asosiy muammo, pandemiya tufayli futbol boshdan kechirgan noxushlikdan keyin iqtisodiy barqarorlikka erishishdan boshqa narsa emas. Ushbu qiyinchilikdan chiqib ketishda madridliklarning oldida yo'llar ko'p, shu jumladan tomoshabinlarni tribunalarga qaytarish orqali "Qirollik klubi" yana transfer bozorida faol bo'lishni boshlashi mumkin.
Yangilanayotgan "Santiago Bernabeu" ko'pchilikni hayratga solishni boshlagan, ammo klub transfer siyosati stadionni yangilash xarajatlari bilan bog'liq degan adolatsizdir. Shuningdek, Madrid jamoasi prezidenti Evropa futboli jamoalarning iqtisodiy kelajagini kafolatlaydigan o'zgarishga muhtojligini ommaviy ravishda tan oldi.
Birinchidan, transfer bozorida Florentino Peres "Real" yana bir bor transfer bozoridagi asosiy jamoaga aylanishi kerakligini tushunadi va bu borada ikki nom ko'proq e'tiborni tortmoqda: Kilian Mbappe va Erling Holand. Peres 2000 - yildagi, yoki Ronaldu, Kaka, Benzema xarid qilingan 2009 - yildagidek yangi Galaktiko tuzishni maqsad qilmoqda.
Madridliklar katta o'zgarishlarni amalga oshirish, ba'zi strategiyalarni yangilash va yana muxlislarni jalb qiladigan jamoaga aylanish vaqti kelganini bilishadi. Hozir Zinedin Zidanning jamoasi Chempionlar Ligasi va La Liga uchun kurashayotganini hisobga olsak, g'alati tuyuladi, ammo "qaymoqranglilar" echinish xonasi yosh va yangi futbolchiga muhtojligini sezish qiyin emas.
Kilian Mbappe eng ustuvor maqsad
Mbappe - bu "Real" o'z oldiga qo'ygan eng ustuvor maqsad, garchi g'alati tuyulsa-da shuni aytishimiz mumkinki, Kilian bilan oson shartnoma tuzish mumkin. Chunki, frantsiyalik futbolchi PSJning shartnomani uzaytirish bo'yicha takliflarini e'tiborsiz qoldirishda davom etmoqda, bu esa jahon chempionining Madridga kelishini osonlashtirishi mumkin.
"PSJ"ning amaldagi futbolchisi o'zini jamoaning etakchisi kabi his qilishni xohlamoqda. Bu Parijda yaqin yillar ichida imkonsizdek ko'rinadi. Mbappe 2017 yilda "PSJ"ga o'tishga qaror qilganidan beri, "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchining asosiy da'vogarlaridan biri hisoblanib keladi. Futbolchining o'zi ham Madridga kelishga qarshilik bildirmayapti. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, "Bernabeu" eshiklari Mbappe uchun doimo ochiq. Florentino Peres hamon Qatardan qo'ng'iroq va hujumchi transferga qo'yilgani to'g'risida xabarni kutmoqda. Agar, ushbu holatlar ro'y bersa, biz yaqin oylar ichida frantsiyalik iqtidorni "Real" safida ko'rishimiz mumkin.
Erling Holandni sotib olish ehtimoli kamroq
Holandga kelsak, uning shartnomasiga pandemiya ta'sir ko'rsatgan. Norvegiyalik "Borussiya"ga 2020 - yilning yanvarida ko'chib o'tgan va u erda 2022 - yilgacha qolishi kutilgandi. Nemis klubi hanuz norvegiyalik uchun narx belgilamadi, ammo ushbu holat sodir bo'lgudek bo'lsa, birinchi navbatda "Real" varianti ko'rib chiqilishi haqida ko'pgina OAV xabar bergan.
Ikkala futbolchi ham klubning yosh iste'dodlarni jalb qilish siyosatiga mos keladi va agar iqtisodiy vaziyat imkon bersa, madridliklar ikkisini ham sotib olishi mumkin. To'sqinlik qiladigan narsa - bu ish haqi, ammo bu borada allaqachon ish olib borilmoqda. Vaziyatni kuzatib boramiz... Florentino Peres norvegiyalik hujumchini Madridga to'liq mos kelishini tushunib turibdi, ammo futbolchi uchun boshqa klublar raqobatlashsa, prezident klubning iqtisodiy barqarorligini xavf ostiga qoldirishi mumkin.
Alaba, Ramos, Lukas Vaskes ... va Zinedin Zidan
Kun tartibida boshqa futbolchilar ham bor, masalan, pandemiya tufayli o'tishi to'xtab qolganlardan biri Eduardo Kamavinga. Ammo virus bilan bog'liq vaziyat David Alaba bilan holatiga ta'sir qilmadi, uning o'tishi ertami-kechmi rasman e'lon qilinishi deyarli aniq deb ko'rsatilmoqda. Bundan tashqari, Serxio Ramosning kelajagi ham so'roq ostida turibdi. Klub haligacha jamoa sardori va etakchisi bilan bir qarorga kelganicha yo'q. Lukas Vaskes bilan ham ushbu holat. "Qaymoqranglilar" rahbariyati Lukasga ham aniq taklif yubormagan.
Oldinda bizni yangi "Real Madrid" va yuqori ajoyib xaridlar kutmoqda, ammo Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa shu tarkib bilan ham La Ligada ham, Chempionlar ligasida ham "tirik"ligini ham unutmasligimiz kerak. Garchi, "Real"ni jarohatlar bilan bog'liq muammo bo'lgan bo'lsa-da, Zidan boshchiligidagi klub bir qancha muvaffaquyatlarga erishib kelmoqda. Frantsuz mutaxassisining kursisi ham, bundan bir necha oylar oldin qimirlab qolgandi, lekin murabbiy "Real Madrid"ning o'yinini yaxshi tomonga o'zgartira oldi. Shuning uchun ham, rahbariyat Zinedinni jamoada saqlab qolish niyatida. Ammo, keyin nima bo'lishini, faqatgina bosh murabbiy va prezident biladi, boshqa hech kim.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.