So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Unutilgan "shaharliklar": Yoxud "Manchester Siti" asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254
Futbol ichida yurgan insonlar biladiki, ba'zi futbolchilar biror-bir jamoa akademiyasida futboldagi ilk qadamini qo'ygan bo'lsa-da, o'zining bolalik klubi safida ishonchli o'yin ko'rsata olmay, boshqa jamoa safida o'z iqtidorini namoyish etadi. Hozir esa biz sizlarga turli vaqtlar davomida "Manchester Siti" akademiyasida tarbiyalangan, ammo "shaharliklar" asosiy tarkibiga kira olmay, klubni tark etgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz. Ehtimol, siz ular haqida hech qachon eshitmagan bo'lishingiz mumkin.
Ueyn XENNESSI
Angliya futboli muxlislari uchun ushbu darvozabonning ismi eshitganda, uning nomi "Vulverxemton" va "Kristal Pelas" jamoalari bilan bog'langanligini sezishi mumkin. Ammo, uelslik futbolchi "Manchester Siti" akademiyasida futbol o'ynash asoslarini o'rgangan. Ueyn 16 yoshida bo'lganida, "shaharliklar" rahbariyati darvozabon jamoada faoliyatini davom ettirish uchun kerakli imkoniyatga ega emas deb hisoblagan. Shu sababli, Xennessini "Vulverxemton"ga sotib yuborildi. Ueyn oxir-oqibat "bo'rilar"ning asosiy tarkib darvozaboniga aylandi. Darvozabon shuningdek, "Vulves" jamoasida to'rt mavsum davomida asosiy posbon bo'lib kelgan. Keyinchalik, darvozabonning o'yinida biroz pasayish ko'zga tashlanadi. Shundan keyin, Xennissi "Kristal Pelas" jamoasiga o'tadi va hozirda ham mazkur jamoa zaxira poboni sifatida faoliyat olib bormoqda.
Kiran TRIPP'ER
Kiran Tripper Buyuk Britaniyaning Byuri shahrida tug'ilgan. 1999 yilda 9 yoshli Tripper "Manchester Siti" akademiyasiga qabul qilinadi. 8 yil davomida "shaharliklar" bazasida futbol sir-asrorlarini o'rgangan futbolchi, 2007 yilda klub bilan o'zining birinchi professional shartnomasini imzolagan. Kiran garchi jamoa bilan shartnoma imzolagan bo'lsa-da, ammo "Manchester Siti" asosiy jamoasida bir marta ham maydonga tushmagan. Klub bilan 2012 yilgacha shartnomasi bo'lgan Tripper shu vaqt davomida, "Barnsli" va "Byornli" kabi jamolarda ijara asosida to'p tepgan. Klub va futbolchi o'rtasidagi bitim yakuniga etgach, "Byornli" futbolchini to'lig'icha sotib olishga muvaffaq bo'lgan. Keyinchalik, Kiran "Tottenxem" safida 3 yil davomida to'p surdi. Hozirgi kunda esa "Atletiko"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.
Loris KARIUS
Angliyada ko'pchilik ushbu nemis darvozaboni 2018 - yilgi Chempionlar Ligasi finali yodiga tushishadi. Lekin, mazkur klub Lorisning Tumanli Albiondagi dastlabki jamoasi emas. Chunki, Karius 2019 - yilda "Manchester Siti" akademiyasida ta'lim olgan. Ikki yarim yil davomida "shaharliklar"ning yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan futbolchi, asosiy jamoadan muqim o'rnini topa olmaydi. Shundan keyin, darvozabon vataniga qaytishga qaror qiladi. Germaniyaning "Shtutgart" klubi Loris uchun "Manchester Siti"ga 300 ming evro mablag' to'lagan. "Maynts"dagi o'yini oraqali Karius "Liverpul" skautlari va murabbiylarini hayratda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Keyin esa "qizillar" darvozabonni 2016 yil yozida yana Angliyaga taklif qilishdi va hozirgacha mazkur jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.
Braim DIAS
Iqtidorli ispaniyalik Dias 14 yoshida "Malaga"dan "Manchester Siti" akademiyasiga o'tdi. Malagaliklarga yosh o'yinchi uchun "shaharliklar" 350 ming evro to'lagan. Keyinchalik, Braim 4 mavsumni Manchester shahrida o'tkazdi. Akademiyadagi muvaffaqiyatli o'yinlardan keyin, 2018 - yilning yanvar oyida futbolchi "Manchester Siti" tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazdi. 18 yoshli Braimni "Etihad"dagi karerasi oson kechmadi. Shuning uchun klub bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi va natijada rahbariyat uni 17 million evro evaziga "Real"ga sotib yuborishga majbur bo'ldi. Hammasi bo'lib Dias "Siti"ning asosiy tarkibida 15ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urgan. Futbolchining "qaymoqranglilar" safidagi ishlari ham yaxshi ketmadi. Hozirgi kunda ispaniyalik Italiyaning "Milan" jamoasida ijara asosiida o'ynamoqda.
Pablo Mari
O'tgan yilning yanvar oyida ispaniyalik markaziy himoyachisi Pablo Mari Braziliyaning "Flamengo" klubidan "Arsenal"ga ko'chib o'tdi, ammo bu uning tumanli Albiondagi birinchi tashrifi emas edi. Chunki, Mari 2016 - yilning yozida unchalik taniqli bo'lmagan "Ximnastik" jamoasi safidan, 200 ming evro "Manchester Siti" klubiga o'tgan edi. Ushbu transferdan "shaharliklar" rahbariyatining maqsadi nima bo'lganligini aytish qiyin, chunki Pabloni sotib olganidan so'ng darhol darhol "Jirona", "NAK Breda" "Deportivo" kabi jamoalarga ijaraga berib yuborishdi. 2019 - yil yozida Mari" Flamengo" klubiga "shaharliklar" tomonida 1.7 million evroga sotib yuborildi. Oradan olti oy o'tgandan keyin u yana Angliyaga qaytib keldi. Ammo, boshqa jamoa "Arsenal" safiga qo'shildi. Futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish uchun "to'pchilar" Braziliya klubiga naqd 13 million evro pul to'lashdi. Hozirgacha futbolchi "kononirlar" safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Adrian Rabo
Yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan munosabatlari nihoyatda qisqa muddatli edi. 2008 yilda Rabo atigi 13 yoshligida, "shaharliklar" akademiyasida futbol sir-asrorlarini o'rganish maqsadida, o'z vatanini tark etishga majbur bo'ldi. Ammo Adrian Angliyada o'z o'rnini topishi juda qiyin kechdi va olti oydan so'ng Frantsiyaga qaytib kelishga qaror qildi. Avvaliga mahalliy "Po" jamoasi tarkibida o'ynagan bo'lsa, keyinchalik "PSJ" akademiyasida ham ikki yil davomida futbol bo'yicha ta'lim oldi. 2012 yilga kelib esa parijliklar bilan dastlabki professional shartnomasini imzoladi. Mazkur jamoa safida bir qancha muhim uchrashuvlarda maydonga tushib, o'zini jahon darajasidagi futbolchi ekanligini namoyish etdi. "PSJ" tarkibida 2019 yilgacha o'ynagan futbolchi, shundan keyin futbolchining xizmatlaridan Turinning "Yuventus" jamoasi foydalanmoqchi bo'ldi va Parij jamoasidan Raboni sotib olishga muvaffaq bo'ldi. Adrian ayni paytgacha turinliklar safida ishonchli o'yinlar namoyish etmoqda.
Jadon SANChO
Sanchoni bemalol "Uotford" klubi tarbiyalanuvchisi deb aytish mumkin. Ushbu jamoa akademiyasida 2017 yil yozigacha, aniqrog'i "Manchester Siti"ga o'tguniga qadar sakkiz yillik karerasini o'tkazgan. "Uotford" o'z tarbiyalanuvchisini 172 ming evro evaziga "shaharliklar" jamoasiga sotib yuborgan. Mutaxasislar Sanchoni "Manchester Siti"ning kelajagi sifatida aytishgan edi, ammo Jadon tez orada "Siti"dan ketmoqchiligi aytdi. Bunga sabab sifatida esa, asosiy tarkibdan muqim joy olmaganini ko'rsatdi va "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Shundan keyin, Sancho "Borussiya D" jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Hozirgi kunda futbolchi "arilar"ning eng istiqbolli va ishongan futbolchisi sifatida e'tirof etilmoqda. Ayni paytda Sancho butun Evropada shunchalik shuhrat qozonganki, yosh ingliz futbolchisini o'z tarkibiga qo'shib olishni xohlayotgan jamoalar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Kasper Shmeyxel
"Lester"ning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatining asoslaridan biri Kasper Shmeyxelning ishonchli o'yinlari deb aytish ham mumkin. Avsonaviy darvozabon Piter Shmeyxelning o'g'li ham, xuddi otasi singari darvoza posboni sifatida maydonda harakat qilib keladi. "Shaharliklaar" a'zosiga aylangandan keyin, asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashda unchalik omadi kelmaydi. 2003 - yildan, to 2009 - yilgacha "Manchester Siti" tarkibida atigi 8ta bahsda maydonga tushadi. Keyinchalik, klub uni 2009 - yilda "Notts Kaunti" jamoasiga sotib yuboradi. Bir yildan so'ng, "Lids Yunayted" a'zosiga aylanadi. 2011 - yilga kelib, "Lester" 1.7 million evaziga Kasperni sotib oladi. Shundan keyin, bir qancha uchrashuvlarda maydonga tushib, "tulkilar"ga yordam berib keldi. 2015 - yilga kelib esa "Lester" bilan sensatsion tarzda Angliya chempionligini qo'lga kiritdi. Daniyalik darvozabon hozirgacha "tulkilar"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.
Manba: stadion.uz