So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Piter Xyuistra: «Ruhiy, taktik va jismoniy jihatdan o'yinlarga tayyor bo'lishimiz lozim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Traktor" bilan bellashuvdan avval "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra va jamoa sardori Egor Krimets matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Xyuistra: - Barchaga xayrli kun. Kelasi ikki hafta juda tig'iz bo'ladi va barchaga omad tilayman. Jamoalarni 15 kunda o'ynaladigan 6 uchrashuv kutmoqda. Bu hayajonli bo'ladi. Biz chempionatni boshlagandan keyin bu erga keldik. Umid qilamanki, biz sinovga tayyormiz. Ertaga "Traktor"ga qarshi o'yin bilan turnirni boshlaymiz. Eron jamoalari hamisha qiyin raqib, ular maydonda kurash olib borishadi. Texnik va taktik tarafdan yaxshi o'yin ko'rsatishadi.
Tarkibimizda o'zgarishlar bo'lgan. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham o'zlarini ko'rsatishi mumkin. Bunday sinovlarga doim tayyor bo'lish kerak. Yosh iqtidorlar tajribali futbolchilar bilan kirishib ketishiga ishonaman. Birinchi o'yin qanday holatda ekanimizni bilib olishga yordam beradi. O'yinlarni bu safar ham o'zgacha vaziyatda o'tkazamiz. Karantin, alohida yashash, Ramazon - bularning barchasi vaziyatni o'zgacha qiladi. To'rt, besh va oltinchi turda hammaga qiyin bo'lsa kerak. Biz ruhiy, taktik va jismoniy jihatdan holatga tayyor bo'lishimiz kerak. Bu qanday bo'lishini kuzatish juda qiziq. Jamoadagi barcha sinovga tayyor, oxirigacha kurashishga shay holatda.
Krimets: - Xayrli kun. Chempionlar Ligasining yangi boshlanayotgan mavsumi bilan barchani tabriklayman. Ertangi raqibimizni jiddiy o'rgandik, bellashuvga yaxshi tayyorlandik. O'zbekistonda mavsumni boshlashga ulgurdik. Yaxshi holatga kirib oldik deb o'ylayman va ertaga musobaqani g'alaba bilan boshlashga intilamiz.