Mario Gyottse yozda Bundesligaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

PSV safida to'p tepayotgan germaniyalik futbolchi Mario Gyottse yozgi transferlar oynasida Niderlandiya chempionatini tark etishi mumkin.
28 yoshli yarim himoyachiga Germaniyaning "Bayer" jamoasi tomonidan takliflar kelib tushgan, deya xabar bermoqda Sky Deutschland nashri.
Eslatib o'tamiz, Gyottse 2020 yilning yozida PSV klubiga kelib qo'shilgan edi. Shu vaqt davomida u Eyndxoven klubi safida jami 22 o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179