"Milan" 27 yoshli yarim himoyachi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Qishda "rossonerilar" safiga yarim yillik ijara asosida kelib qo'shilgan Sualixo Meyteni klub 8 million evro evaziga sotib olish niyatida, deya xabar bermoqda La Gazetta della Sport nashri.
27 yoshli futbolchining ko'rsatayotgan o'yinidan jamoa rahbariyati mamnun va milanliklar u bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik yarim himoyachi yanvar oyidan buyon A Seriyada 11 o'yin o'tkazib, hali samarali harakat amalga oshira olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207