Felish qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Atletiko» yarim himoyachisi Joau Felish La Liga 30-turi doirasidan joy olgan «Betis»ga qarshi bahsda jarohat olib, 48-daqiqada maydonni tark etgandi.
Maxsus tekshiruvdan keyin, uning oyoq to'pig'idan olgan jarohati 10 kun ichida tuzalishi oydinlashdi, deya xabar berdi AS.
Jarohati tufayli 30 martdan 11 aprelga qadar maydonga tusha olmagan portugaliyalik futbolchi «Ueska»ga qarshi bahsga (22 aprel) qadar tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Manba: AS
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218