Neymarning yangi shartnomasi bo'yicha ma'lumotlar ochiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

«PSJ» hujumchisi Neymar tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi haqida xabar bergan edik.
Jurnalist Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra braziliyalik yulduz parijliklar bilan 2026 yil iyungacha mo'ljallangan bitim borasida kelishib olgan. Uning shartlariga ko'ra, Neymar Chempionlar Ligasida g'alaba qozongani uchun «katta bonus» olish huquqiga ega bo'ladi.
29 yoshli hujumchining o'ziga qolsa unga PSJda qolish varianti ma'qul. Chunki u so'nggi paytlarda jamoaning yutuqlaridan mamnunligini yashirib o'tirmayapti.
Ma'lumot uchun, Neymar 2017 yil yozidan buyon frantsuz klubida o'ynab keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205