Evro—2020 da ishtirok etadigan futbolchilar majburiy vaktsinatsiyadan o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

UEFA Evro—2020 musobaqasini o'tkazish borasida tibbiy yo'riqnoma tuzib chiqmoqda.
Yo'riqnomaga ko'ra, musobaqa ishtirokchilari vaktsinatsiyadan o'tishi majburiy qilib belgilanadi, deya xabar qilmoqda Corriere dello Sport.
UEFA rejasiga ko'ra 600 nafar futbolchi — 24 jamoaning 25 nafardan vakili, shuningdek, jamoaning texnik xodimlari va murabbiylar shtabi a'zolari vaktsinatsiyadan o'tadi.
Evro—2020 musobaqasida 2020 yilning yozida o'tkazilishi rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab musobaqa 2021 yilning yoziga ko'chirildi. Evropaning 12 shahrida o'tkaziladigan musobaqa 2021 yilning 11 iyunida 11 iyuliga qadar bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258