"Arsenal" "Seltik" futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Arsenal" "Seltik" futbolchisi Odsonn Eduarga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.
"Kanonirlar" frantsiyalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. London klubi 22 yoshli hujumchi bilan shu yozning o'zida shartnoma imzolashni niyat qilgan. Shuningdek, unga "Lester Siti" jamoasi ham qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Eduar ushbu mavsum Shotlandiya chempionatida 27 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 16 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182