PSJ etakchisi «Bavariya»ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

PSJ sardori Markinos Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan «Bavariya»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
26 yoshli himoyachi 7 aprel kuni Myunxenda o'tkazilgan ilk uchrashuvda olgan jarohati tufayli parijliklarning bugungi mashg'ulotlarida ham ishtirok eta olmadi.
Braziliyalik o'sha o'yinning 28-daqiqasida gol urgan bo'lsa-da, 30-daqiqada maydonni tark etgan va uning o'rnini Ander Errera egallagandi.
«Bavariya» bilan bo'lgan ilk uchrashuvni diskvalifikatsiya sababli o'tkazib yuborgan yarim himoyachi Leandro Paredes PSJ safiga qaytishi mumkin.
Shuningdek, xavbek Marko Veratti va himoyachi Alessandro Florentsi koronavirusdan tuzalib tarkibga qaytishgani ma'lum bo'ldi.
Manba: Le ParisienFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186