Neymar 2 yil oldin «Barselona»ga qaytishi mumkin edi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

«Barselona»ning Janubiy Amerikadagi skautlar bo'limining sobiq rahbari va Neymarning eks-agenti Andre Kyuri PSJ forvardining Kataloniya klubiga qaytish ehtimolini baholadi.
«Neymar yana 5-6 yil davomida yuqori saviyada faoliyat olib borishi mumkin. Tabiiyki, Messi ham ular birgalikda amalga oshirgan sehrni qayta jonlantirish uchun qoladi.
2019 yilning yozida Neymar qaytishga yaqin edi, ammo o'shanda ular Grizmann bilan shartnoma imzolab bo'lganliklari tufayli moliyaviy jihatdan qiyinchilikka uchrashdi.
PSJ Neymarning transferi uchun 150 mln evro, shuningdek Rakitich, Todibo va Dembeleni so'ragan. «Barsa» esa 150 mln evro emas, 130 mln evro taklif qilgandi», — deya aytib berdi Kyuri.
Manba: Marca
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166