MYu APL tarixida bir ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Manchester Yunayted» APL 31-turidan joy olgan «Tottenhem»ga qarshi safar uchrashuvida g'alaba qozondi — 3:1.
Ole-Gunnar Sulsher jamoasi safar bahslaridagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini 23 taga etkazib oldi.
Bu ligadagi ikkinchi natija hisoblanadi. Rekord 2003 hamda 2004 yillarda «Arsenal» klubi tomonidan o'rnatilgan. O'shanda londonliklar APLning 27 safar o'yinida mag'lubiyatga uchrashmagan.
Top-3 ro'yxat quyidagicha ko'rinish olgan:
1. «Arsenal» — 27 o'yin (2003-2004 yillar)
2. MYu — 23 (2020- ...)
3. «Arsenal» — 23 (2001-2002)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278