Mourino: «Pogba qizil kartochka olishi kerak edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Yunayted»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:3), fikr bildirdi.
«Biz ko'plab kuchli yarim himoyachilarga ega, yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. O'z navbatida ikkinchi golni urish uchun ajoyib imkoniyatlarga ega edik.
O'ylashimcha yaxshi o'ynadik va bu o'yin uchun bunday natijaga loyiq emasdik.
Bizga omad kulib boqmadi, menimcha, Pogba Orega qarshi tirsagi bilan o'ynagani uchun qizil kartochka olishi kerak edi», - deydi portugaliyalik mutaxassis.
«Tottenxem» 31 turdan so'ng, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 49 ochko bilan, ettinchi o'rinda bormoqda.
Manba: sky sportsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243